Kursga yozilish

Blog

C++ tili haqida bilasizmi?

💡 Bugungi kunda yurtimizdagi barcha institut va universitetlarda dasturlash fanidan asosan C++ tili o'rgatiladi. Lekin aksariyat talabalar bu til haqida boshlang'ich ma'lumotga ega emas. Shuning uchun bugungi maqolada ushbu til haqida ma'lumot berishga qaror qildik.

📌 C++ tilini 80 yillarda AT&T Bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom Straustrup tuzgan.

1990 yilda C++ standarti ishlab chiqildi va bu standart hozir ANSI C nomi bilan mashxur. Bu til juda tez kengayib va ommalashib ketdi.  Hozirgi kunda bu tilning hamma detallarini biladigan dasturchi bo'lmasa kerak.

📊 C++ funksiya va ob'yektlarning boy kutubxonasiga ega. Bundan kelib chiqadiki C++ dasturlash tilini o'rganish 2 qismga bo'linadi: dastlab, C++ tili sintaksisi o'rganiladi va shundan so'ng uning asosiy kutubxonalari birma-bir ko'rib chiqib, yodlash lozim bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu til juda katta hajmni o'z qamroviga oladi.

C++ tilining egasi yo'q u hech kimga tegishli emas.