Kursga yozilish

Blog

Frontend haqida qisqacha!

Barchamiz veb-sayt nima ekanligini bilamiz, ammo u nimalar yordamida yaralishini-chi? Axir, Robocode IT Academy bu haqida ma'lumot bermasa bo'lmas. Keling endi, sayt yaralishida o'zining katta hissasini qo'shadigan frontend haqida gaplashamiz!

🌐 Frontend - «tashqi interfeys» degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning bir turidir. Frontend orqali veb-sahifalarning foydalanuvchiga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Oddiy qilib aytsak, u yordamida ilovaning yoki veb-saytning mijoz tomonida ishlaydigan funksionallik va foydalanuvchi interfeysini qulay ishlab chiqish vazifasi bajariladi, ya'ni siz brauzer orqali biron-bir saytga kirsangiz, ko’rinib turuvchi barcha narsa frontend asosida yaratiladi.